Gadjetlar

Vivo S50 Pro Mini smartfoni haqida ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Energiya manbai sifatida 6 500 mA/soat sig‘imli batareya o‘rnatiladi
Foto: Gizmochina

Yangi Vivo Geekbench test platformasida aniqlandi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda. Mutaxassislar aniqlangan model katta ehtimol bilan S50 Pro Mini bo‘lishi mumkinligini qayd etmoqda.

Geekbench ma’lumotlariga ko‘ra, smartfon Qualcomm Snapdragon 8 Gen 5 protsessori asosida ishlaydi. Qurilma Android 16 operatsion tizimida sinovdan o‘tkazilgan. Tezkor xotira hajmi 16 GB etib ko‘rsatilgan. Test natijalarida bir yadroli rejimda 2 778 ball, ko‘p yadroli sinovda esa 9 344 ball to‘plangan.

Foto: Gizmochina

Qiziqarli jihati shundaki, tizim ma’lumotlarida grafik protsessor sifatida Adreno 829 ko‘rsatilgan. Qualcomm Snapdragon 8 Gen 5 chipi odatda Adreno 840 grafik yadrosi bilan reklama qilinadi. Bu shuni anglatadiki, standart 8 Gen 5 versiyasida grafika imkoniyatlari biroz qisqartirilgan bo‘lishi mumkin, to‘liq quvvatdagi Adreno 840 esa kuchliroq Elite talqiniga xos bo‘ladi.

Vivo kompaniyasi avvalroq S50 Pro Mini’ning asosiy texnik xususiyatlarini ham ma’lum qilgan. Smartfon 6,31 dyuymli tekis AMOLED displeyga ega bo‘ladi. Qurilmada LPDDR5X tezkor va UFS 4.1 doimiy xotira ishlatiladi. Kamera tizimiga VCS yorug‘lik sezgir asosiy sensor, Sony IMX882 periskop teleobyektivi hamda 50 MP anti-distorted selfi kamerasi kiradi.

Energiya manbai sifatida 6 500 mA/soat sig‘imli batareya o‘rnatiladi.

Qurilma 90 Vt simli va 40 Vt simsiz tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, ultratovushli barmoq izi skaneri 2.0, IP68 va IP69 chang hamda suvdan himoya darajasi, shuningdek tebranishni yanada aniq yetkazuvchi X-o‘qli chiziqli motor bilan jihozlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Vivo X300 Ultra 7 000 mA/soatli batareya bilan chiqishi haqida yozgan edi.