
5-dekabr kuni O‘zbekiston hududida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda biroz yomg‘ir yoki qor yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kechasi -3° sovuqdan +5° iliqqacha, kunduzi esa +3…+13° iliq atrofida bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlr kesimida:
| Hudud / Viloyat | Kechasi harorat | Kunduzi harorat | Holat |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | +2…+4° | +9…+11° | Havo o‘zgaruvchan, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir, tuman tushishi mumkin |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm | -7…-2° /+2…+3° | +3…+8° | Havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda tuman |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | -2…+3° | +6…+11° | Havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda tuman |
| Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax | -2…+5° | +6…+11° | Havo o‘zgaruvchan, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir, tuman |
| Qashqadaryo viloyati | 0…+5° | +8…+13° | Havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda tuman |
| Surxondaryo viloyati | 0…+5° | +8…+13° | Havo o‘zgaruvchan, ayrim joylarda biroz yomg‘ir, tuman tushishi mumkin |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | -3…+2° | +6…+11° | Havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir, tuman tushishi mumkin |
| Respublikaning tog‘li hududlari | -2…+3° | -2…+3° | Havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), tuman |