Yangiliklar

«Amerika ovozi» ofislari yopilmoqda, Trampni mukofotlanadi, Yevropa Rossiya gazidan voz kechdi — 4-dekabr kungi yangiliklar dayjesti

Kun davomida O‘zbekiston va dunyoda yuz bergan dolzarb yangiliklar bir maqolaga jamlandi
Toshkent
4-dekabr kungi yangiliklar dayjesti
«Hamroh» dasturi doirasida xotin-qizlar tadbirkorligi uchun ikki trillion so‘m ajratadi
«Hamroh» dasturi doirasida xotin-qizlar tadbirkorligi uchun ikki trillion so‘m ajratadi / Foto: Facebook/Sun’iy intellekt

«Hamroh» dasturi doirasida xotin-qizlar tadbirkorligi uchun ikki trillion so‘m ajratadi

Prezidentning «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Foto: Politico

Donald Tramp FIFA tomonidan «Tinchlik mukofoti» bilan taqdirlanadi

AQSh prezidenti Donald Tramp FIFA «JCh – 2026» qur’a tashlash marosimida shaxsan ishtirok etadi va tashkilotning «Tinchlik mukofoti» bilan taqdirlanadi. Bu haqda GiveMeSport jurnalisti Ben Jeykobs xabar berdi.

Rossiya Sibir suvini Markaziy Osiyo bilan bo‘lishmaydi — olimlar fikri
Rossiya Sibir suvini Markaziy Osiyo bilan bo‘lishmaydi — olimlar fikri / Foto: ijtimoiy tarmoq

Rossiya Sibir suvini Markaziy Osiyo bilan bo‘lishmaydi — olimlar fikri

Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir daryolaridan suvni Markaziy Osiyoga, avvalo, Oʻzbekistonga yetkazish bo‘yicha eski loyihani zamonaviy sharoitda qayta o‘rganishni boshladi. Ammo bir qator taniqli rossiyalik olimlar bu tashabbusning amalga oshmasligini ta’kidladi.

"Amerika ovozi" radiostansiyasi
Foto: Advocate.com

Tramp «Amerika ovozi»ning xorijdagi ofislari va radiostansiyalarini yopmoqda

Donald Tramp ma’muriyati davlat tomonidan moliyalashtiriladigan «Amerika ovozi» radiostansiyasi faoliyatini qisqartirishni davom ettirmoqda. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

Foto: Andrey Rudakov / Bloomberg/Getty Images

YI 2027-yilgacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Yevropa Ittifoqi 2027-yil oxiriga qadar Rossiya tabiiy gazi importini bosqichma-bosqich to‘xtatishga kelishib oldi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

«Zapravka»larda AI-80 benzini bo‘yicha reydlar boshlandi

Respublika bo‘ylab aholiga sifatli va ekologik toza yonilg‘i yetkazib berish maqsadida Ai-80 markali avtobenzin savdosi bo‘yicha nazorat kuchaytirildi. Mazkur yonilg‘i turi vaqtincha sotuvdan olinishi ortidan respublika bo‘ylab AYOQShlarda tekshiruvlar olib borilmoqda.

ChatGPT Go
Foto: Depositphotos

O‘zbekistonda ChatGPT Go obunasi 1 dollarga arzonlashdi

4-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun ChatGPT Go obunasining narxi pasaydi. Endi ushbu tarif oyiga $4 etib belgilanmoqda. Avval obuna $5 turardi.

Telegram, avtorizatsiya

Telegram Passkey orqali profil ochishni yo‘lga qo‘ymoqda

Telegram yaqin orada parolsiz avtorizatsiya — Passkey funksiyasini ishga tushirishi mumkin. Bu haqda yangi imkoniyatni sinovdan o‘tkazayotgan Telegram Info ma’lum qildi.