Iqlim o‘zgarishi sabab global iqtisodiyot 38 trillion dollar zarar ko‘rishi mumkin

Iqlim o‘zgarishi sabab global iqtisodiyot 38 trillion dollar zarar ko‘rishi mumkin. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Potsdam iqlim ta’sirini o‘rganish instituti tadqiqotchilarining ta’kidlashicha, hukumatlar inqirozni hal qilish uchun hozirdan harakatni boshlasa ham, qisqa muddatli moliyaviy yo‘qotishlar muqarrar. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2050-yilga kelib Parij iqlim kelishuvi talablarini bajarish global iqtisodiyotga $6 trillionga tushishi mumkin.
Agar choralar ko‘rilmasa, iqlim o‘zgarishi keltiradigan iqtisodiy zarar $38 trillionni tashkil etishi taxmin qilinmoqda. Moliyaviy zarba dunyo bo‘ylab teng taqsimlanmaydi. Shimoliy Amerika va Yevropada daromadlar 11 foizga qisqarishi kutilayotgan bir paytda Janubiy Osiyo va Afrika davlatlarida bu ko‘rsatkich 22 foizni tashkil etishi mumkin. Iqlim o‘zgarishlaridan eng kam Markaziy Osiyo va Rossiya (1,7) zarar ko‘radi.

Stenford universiteti professori Noa Diffenbauning so‘zlariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishidan eng ko‘p kambag‘al aholi qatlami zarar ko‘radi. Shuningdek, tahlillarga ko‘ra, AQShda 2024-yilda tug‘ilgan chaqaloq uchun iqlim o‘zgarishining bir umrlik shaxsiy xarajatlari $500 minggacha yetishi mumkin.
Uy-joy narxlari $125 mingga, oziq-ovqat xarajatlari esa qishloq xo‘jaligidagi uzilishlar sababli $33 mingga oshishi prognoz qilinmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonda toza havo himoyasi uchun 900 mlrd so‘m ajratilgani haqida xabar bergan edi.