Kia 2026-yilgi Seltos’ni qachon taqdim etishi ma’lum bo‘ldi

Kia kompaniyasi o‘zining eng ixcham krossoveri Seltos’ning yangi avlodini 10-dekabr kuni taqdim etishini rasman e’lon qildi. Bu haqda Carcoops nashri xabar berdi.
Model to‘liq qayta ishlangan, dizayni o‘zgacha, texnologiyalari zamonaviyroq bo‘lib, ilk bor gibrid dvigatel ham taklif qilinishi kutilmoqda.






To‘liq yangilangan dizayn: burchakli, keskin va EV uslubida
2019-yilda ishga tushgan va 2022-yilda restayling olgan Seltos endi ikkinchi avlodga o‘tmoqda. Kia e’lon qilgan rasmiy tizerlar avtomobilning ko‘proq burchakli va qutisimon ko‘rinishga ega bo‘lgani, Opposites United dizayni asosida qayta ishlangani,
Kia EV5 modeli uslubiga o‘xshash chiziqlar bilan boyitilganini tasdiqlaydi.
Old qismda endi vertikal LED faralar, kengroq panjara va unga birlashgan kunduzgi chiroqlar joylashgan. Orqa qismda gorizontal va vertikal LED chiroqlar kombinatsiyasi, zamonaviy ko‘zgular va ko‘rinmaydigan eshik tutqichlari bor.
Model yana X-Line va GT-Line (sport uslub) variantlarida chiqariladi. Rasmiy o‘lchamlar hali e’lon qilinmagan, ammo yangi Seltos hozirgi (4 365 mm) modelga qaraganda biroz kattaroq bo‘lishi mumkin. Bu esa ichki makonning kengayishi, yukxonada ko‘proq joy bo‘lishini anglatadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan yangilangan Kia Sportage 2026 qanday dizaynga egaligi haqida yozgandi.