Noyabrda 133 mlrd so‘mlik energiya resurslari noqonuniy foydalanildi

eʼlon qilindi
Noqonuniy foydalanishning 289 ta holati aniqlandi
Noyabrda 133 mlrd so‘mlik energiya resurslari noqonuniy foydalanildi
Noyabrda 133 mlrd so‘mlik energiya resurslari noqonuniy foydalanildi / Foto: ijtimoiy tarmoq

Joriy yilning noyabr oyida o‘tkazgan tekshiruvlarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishning 289 ta holati aniqlandi. Energetika vazirligiga ko‘ra, bu orqali tizimga jami 132,7 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, iste’molchilar 26,1 mln kVt⋅soat elektr energiyasi va 27,2 mln kub metr tabiiy gazni noqonuniy ishlatgan.

Shuningdek, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzgan iste’molchilarga nisbatan 518 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi. Vazirlik tegishli hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilganini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq O‘zbekistonda gaz qazib olish besh foizga qisqargani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, 2025-yilning yanvar – oktabr oylarida O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi 35,5 mlrd kub metrni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,3 foizga kam.

Gaz qazib olishdagi ushbu pasayish fonida, Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini bildirdi. Bundan tashqari, Ostona Toshkent bilan neft sanoati va atom energetikasi sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirishni maqsad qilgan.

Shuningdek