OpenAI Neptune startapini sotib oldi

eʼlon qilindi
Bitim qiymati $400 milliongacha bo‘lgan aksiyalar shaklida to‘lanishi taxmin qilinmoqda
Foto: Futurumgroup

OpenAI kompaniyalarga sun’iy intellekt modellarini o‘rganishga yordam beradigan vositalarni taqdim etuvchi Neptune startapini sotib olishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

OpenAI ushbu xarid uchun $400 mlndan kamroq miqdorda aksiya to‘lashini xabar qildi. Sem Altman boshchiligidagi kompaniya allaqachon Neptune mijozi hisoblanadi va uning trekeridan GPT modellarini o‘qitishni nazorat qilish hamda xatolarni tuzatishda foydalanib kelmoqda. Neptune mijozlari qatorida Samsung, Roche va HP kabi yirik kompaniyalar ham bor.

Foto: Neptune Software

Dastlab Deepsense kompaniyasining ichki vositasi bo‘lgan Neptune 2018-yilda mustaqil startap sifatida ajralib chiqqan va shu kungacha $18 milliondan ortiq sarmoya jalb qilgan.

Oktabr oyida xodimlar aksiyalarini sotish bo‘yicha kelishuvdan so‘ng OpenAI qiymati $500 milliardga yetgan edi. Microsoft tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan kompaniya kelajakda qiymati $1 trillionga yetishi mumkin bo‘lgan yirik IPO (aksiyalarni ommaviy joylashtirish)ga tayyorgarlik ko‘rayotgani aytilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan OpenAI rahbari ChatGPT sifatini oshirish uchun «qizil kod» e’lon qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek