O‘zbekistonda ChatGPT Go obunasi 1 dollarga arzonlashdi

eʼlon qilindi
Avval obuna $5 turardi
ChatGPT Go
Foto: Depositphotos

4-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun ChatGPT Go obunasining narxi pasaydi. Endi ushbu tarif oyiga $4 etib belgilanmoqda. Avval obuna $5 turardi.

Narxdagi o‘zgarish ChatGPT interfeysida qayd etildi. Ayniqsa, O‘zbekiston hududida ochilgan akkauntlarda obunalar bo‘limida yangi qiymat aynan $4 sifatida ko‘rinmoqda.

OpenAI tomonidan rasmiy bayonot e’lon qilinmagan. Shu sababli narx pasayishi keng miqyosli siyosatmi yoki hududiy sinov dasturimi ekani noma’lum bo‘lib qolmoqda.

ChatGPT Go tarif rejasi 2025-yilda ishga tushirilgan. U ChatGPT Plus uchun arzon muqobil sifatida taklif etiladi. Asosan rivojlanayotgan bozor molik mamlakatlar uchun mo‘ljallangan. Tarif bepul versiyaga nisbatan kengroq imkoniyatlar, yuqoriroq limitlar va tezroq ishlashni ta’minlaydi.

Boshqa davlatlar foydalanuvchilari ham narxlar har xil ekanini bildirgan.

Ayrim mintaqalarda ChatGPT Go $4, ba’zi hududlarda esa $5 etib ko‘rsatilmoqda. Narx geografiya va valyuta kursiga qarab farqlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan OpenAI rahbari ChatGPT sifatini oshirish uchun «qizil kod» e’lon qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek