
Ikki kun oldin Guliston shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida gaz balloni portlab, 29 nafar odam jarohat olgan edi. 4-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoga tashrifi doirasida shifoxonaga borib, ulardan xabar oldi, yaqinlari bilan suhbatlashdi.
Eslatib o‘tamiz, 2-dekabr kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi «Uz Bek Family» MChJga qarashli ovqatlanish shoxobchasida gaz va havo aralashmasining chaqnashi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi.
Hodisa natijasida 29 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati oldi. Ulardan 3 nafari vafot etdi. Mazkur portlash yuzasidan Hukumat komissiyasi tuzilgan bo‘lib, komissiyaga prezident topshirig‘iga binoan Ochilboy Ramatov boshchilik qiladi. Voqea sabablarini atroflicha o‘rganish, jabrlanganlarga yordamni muvofiqlashtirish hamda kelgusida bunday hodisalarning oldini olish choralarini belgilanadi.