Toshkent yo‘llariga yuklama me’yoridan 2,5 baravar oshdi — Shavkat Umrzoqov

eʼlon qilindi
Uning aytishicha, muammoni kamaytirish maqsadida xorijiy tajribaga asoslangan yagona yo‘l harakatini boshqarish markazi tashkil etilmoqda
Foto: Poytaxt hokimligi matbuot xizmati

Toshkent yo‘llari aslida 400 ming avtomobil oqimiga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, hozir shaharda 1 mlndan ortiq mashina harakatlanmoqda. Bu haqda poytaxt hokimi Shavkat Umrzoqov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Bizni avtomobil yo‘llarimiz 400 ming avtomobilga mo‘ljallangan bo‘lsa, ko‘chalarimizda 1 mlndan otiq mashina harakatlanmoqda. Bugungi kunning muammosini xorijiy tajribalarni o‘rgangan holda yondashib kompleks yechimlar taqdimotini o‘tkazdik», — deya qayd etgan Umrzoqov.

Uning aytishicha, muammoni kamaytirish maqsadida xorijiy tajribaga asoslangan yagona yo‘l harakatini boshqarish markazi tashkil etilmoqda. Ushbu markaz shahar bo‘ylab tirbandliklarni real vaqt rejimida kuzatadi va transport oqimini samarali tartibga soladi.

Markaz to‘liq ishga tushirilgach, Toshkentdagi tirbandliklar 30–40 foizga qisqarishi kutilmoqda. Shuningdek, avtomobillarning atrof-muhitga salbiy ekologik ta’siri 15 foizga kamayadi.

Kursiv Uzbekistan Toshkentda transport boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek