Tailandda kiberfiribgarlardan 300 mln dollarlik mulk musodara qildi

eʼlon qilindi
29 nafar firibgarlar hibsga olingan
Foto: The Guardian

Tailand hukumati 3-dekabr kuni kiberfiribgarlik tarmoqlariga qarshi kurash doirasida $300 mlndan ortiq qiymatdagi aktivlarni musodara qildi va 42 nafar shaxsni hibsga olishga order berdi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Tailand Markaziy tergov byurosi o‘rinbosari Sofon Sarapatning ma’lum qilishicha, order berilgan 42 shaxsdan 29 nafari 3-dekabrda hibsga olingan. Musodara qilingan mulklar orasida tadbirkor Chen Chji va uning sheriklariga aloqador aktivlar mavjud.

Foto: The Guardian

Tailandning jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi (AMLO) tekshiruvlar davomida onlayn firibgarlik, odam savdosi va pul yuvish tarmoqlari aniqlanganini bildirgan. Chen Chji ayni paytda qayerda ekanligi noma’lum.

Musodara qilingan eng yirik aktivlardan biri kambodjalik Yim Likka tegishli ekani aytilayotgan Bangchak Corporation energetika kompaniyasining $88 mlnlik aksiyalaridir. Bangchak kompaniyasi ushbu holat alohida aksiyadorga tegishli ekanini va kompaniya faoliyatiga ta’sir qilmasligini bildirdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, kambodjalik yana bir shaxs Kok An egalik qiluvchi obyektlarda jinoiy guruhlar faoliyat yuritgan va noqonuniy daromadlar Tailandda mulk sotib olishga yo‘naltirilgan. So‘nggi oylarda Gonkong va Singapur ham firibgarlik markazlarini boshqarishda ayblanayotgan Prince Group bilan bog‘liq millionlab dollarlik aktivlarni muzlatgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Buyuk Britaniyaga ishga yuborish uchun $12 ming olgan firibgar ushlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek