Toshkentda jinoiy guruh 17 kg sintetik giyohvandlik vositasi bilan qo‘lga tushdi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Toshkentda jinoiy guruh 17 kg sintetik giyohvandlik vositasi bilan qo‘lga tushdi / Foto: IIV

Toshkentda 17 kg sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatishga uringan jinoiy guruh fosh etildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, dastlab 32 yoshli shaxs boshqaruvidagi «Cobalt» avtomobilidan 83 g «mefedron» topildi. Tadbir davom ettirilib, Yunusobod tumanida 3 nafar 18 yoshli shaxs ushlandi. Ularning qo‘lidagi sumkadan 730 dona qadoqlangan «mefedron», ijara uylaridan esa 354 dona bo‘lakka o‘ralgan «Alfa PVP» va 500 g «mefedron» aniqlandi.

Shuningdek, guruhning asosiy ombor mudiri ham qo‘lga olindi. Uning va ayolining yashash joyida 4,2 kg «Alfa PVP» hamda 9 kg «mefedron» topildi. Tezkor tadbirlar davomida jami 17 kg va bir marotabalik 85 ming dozaga teng sintetik giyohvandlik vositalarining tarqatilishi to‘xtatildi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada salkam 13 ming dollarlik «Regapen» dori vositasi savdosiga chek qo‘yilgan edi.

Shuningdek