Yangiliklar

Toshkentdagi korxonasini Sirdaryoga ko‘chiradigan tadbirkorlarga yerlar chegirma bilan beriladi

Toshkent shahridagi sanoat korxonalarini bosqichma-bosqich poytaxtdan tashqariga ko‘chirish jarayoni davom etmoqda
Toshkentdagi korxonasini Sirdaryoga ko‘chiradigan tadbirkorlarga yerlar chegirma bilan beriladi
Toshkentdagi korxonasini Sirdaryoga ko‘chiradigan tadbirkorlarga yerlar chegirma bilan beriladi / Foto: ijtimoiy tarmoq

Toshkentdagi korxonasini Sirdaryoga ko‘chiradigan tadbirkorlarga yerlar chegirma bilan taklif etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.

Bugungi kunda Toshkent shahridagi sanoat korxonalarini bosqichma-bosqich poytaxtdan tashqariga ko‘chirish jarayoni davom etmoqda. Ko‘plab korxonalar mehnat resursi ko‘p bo‘lgan, infratuzilmasi yaxshi va yer-mulk solig‘i arzon hududlarga o‘tishni ma’qul ko‘rmoqda.

Shu sababli davlat rahbari Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasida bo‘sh turgan maydonlar poytaxtdagi mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish uchun qulay ekanligini ta’kidladi.

Bu jarayonni qo‘llab-quvvatlash uchun korxonasini Sirdaryoga ko‘chmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga sanoat zonasidagi yerlar soddalashtirilgan tartibda va chegirma bilan taqdim etilishi belgilandi.

Shuningdek, ularga 10 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi, xomashyo temir yo‘l orqali tashilganda arzonlashtirilgan tariflar qo‘llanadi.

Avvalroq Sirdaryoda xitoyliklar bilan $122 millionlik avtomobil ishlab chiqarish loyihasi ishga tushishi xabar qilingandi.