Toyota 2026-yilgi Corolla’ni yangiladi

4-dekabr 2025 11:50 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Toyota

Toyota Yevropa bozori uchun 2026-yilgi Corolla modelini rasman namoyish qildi. Mashinaning dizayni o‘zgarmagan bo‘lsa-da, kompaniya bu yil ko‘proq tashqi ko‘rinish va salon materiallariga urg‘u berdi.

Asosiy yangilik — matte Onyx Grey rangi

Foto: Toyota

Toyota ilk bor Corolla’ning GR Sport va Touring Sports versiyalarini matte Onyx Grey rangida taklif qilmoqda. Bu kompaniyaning ommaviy ishlab chiqarilayotgan modelida matte rangdan ilk foydalanishi bo‘lib, avval Buyuk Britaniyada keyin esa boshqa Yevropa davlatlarida savdoga chiqariladi.

Yangi rang ham qo‘shildi

Foto: Toyota

2026-yil uchun yana bir yangi rang – Storm Grey metallic ham taqdim etildi. U sedan va xetchbek variantlariga mos tushadi va tanlovlar ro‘yxatini kengaytiradi.

Salonda ekologik materiallar ko‘paydi

Toyota salonni ham yangiladi. Endi o‘rindiq orqa qismlari va yostiqlarida qayta ishlangan materialdan tayyorlangan Samara qoplamalari ko‘proq qo‘llanadi. Bu yangilik Mid, Mid+ Sedan va Touring Sports komplektatsiyalarida mavjud.

Texnik qism o‘zgarishsiz qolgan

Corolla avvalgidek 1,8 litrli va 2,0 litrli gibrid dvigatellarda taklif qilinadi:

  • 1.8 gibrid — 138 ot kuchi;
  • 2.0 gibrid — 178 ot kuchi.

Qizig‘i shundaki, 2025-yilgi modelda 2.0 litrli dvigatel 193 ot kuchi deb ko‘rsatilgan edi. Toyota quvvatning 15 ot kuchiga kamaygan sababini izohlab bermagan.

Xavfsizlik tizimlari avvalgidek to‘liq

2026-yilgi Corolla modellari quyidagilarga ega bo‘lib qoladi:

  • Toyota Safety Sense xavfsizlik paketi;
  • OTA (over-the-air) orqali dastur yangilash;
  • 12,3 dyuymli raqamli panel — barcha versiyalarda standart.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toyota va Lexus 5-dekabr kuni yangi avtomobillarini namoyish etishi haqida yozgandi.

Shuningdek