Toyota yangilangan Toyota Mirai modelini taqdim etdi

4-dekabr 2025 16:58 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Toyota

Toyota 2026-yil uchun yangilangan Toyota Mirai vodorodli sedanini rasman namoyish qildi. Bu haqda «Avtonovosti dnya» nashri xabar bermoqda.

Model dizayn jihatidan deyarli o‘zgarmagan. Avtomobil oldingi ko‘rinishi va proporsiyalarini saqlab qoldi. AQShda bazaviy narx yetkazib berishsiz $51,8 ming darajasida saqlanib qolgan.

Texnik qismda ham katta o‘zgarish yo‘q. Mirai 182 ot kuchiga ega vodorod yonilg‘isi elementlari tizimi bilan jihozlangan. EPA sikli bo‘yicha yurish masofasi 644 kmni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich vodorodli modellarda eng yuqori natijalardan biri hisoblanadi. Toyota Mirai’ni elektromobillarga muqobil bo‘lgan ekologik premium sedan sifatida taqdim etishda davom etmoqda.

Asosiy yangiliklar jihozlanish bilan bog‘liq. Endi standart komplektatsiyaga 19 dyuymli yengil qotishmali disklar kiritildi. Multimedia tizimi 12,3 dyuymli sensorli ekran bilan jihozlandi. Avtomobilda simsiz quvvatlash funksiyasi va USB portlar mavjud.

Xavfsizlik bo‘yicha standart tarzda Toyota Safety Sense 3.0 majmuasi o‘rnatiladi. Tizim kengaytirilgan haydovchi yordamchi funksiyalarni o‘z ichiga oladi.

AQSh bozorida Mirai noyob model bo‘lib qolmoqda. Uning asosiy raqobatchilari sifatida Honda CR-V e:FCEV va Hyundai Nexo ko‘rsatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Toyota 2026-yilgi Corolla’ni yangilagani haqida yozgan edi.

Shuningdek