Transfermarkt Superliga futbolchilari narxini yangiladi: Alijonov va Bahromovda katta o‘sish

4-dekabr 2025 18:02 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Hojiakbar Alijonov / Foto: Sport24.uz

Transfermarkt portali O‘zbekiston Superligasi va Pro ligasida to‘p surayotgan futbolchilarning yangilangan transfer narxlarini e’lon qildi. Eng katta o‘sish «Paxtakor» himoyachisi Hojiakbar Alijonovda kuzatildi. Uning narxi 400 ming yevroga oshib, umumiy qiymati 1,2 mln yevroga yetdi.

Alijonov yakunlangan mavsumda samarali o‘yin namoyish etdi. Superliganing 26 ta uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta gol va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Mavsumning yana bir kashfiyoti «Nasaf» a’zosi Sardorbek Bahromov bo‘ldi. Yil boshida zaxira o‘yinchisi bo‘lgan futbolchi mavsumni milliy terma jamoa a’zosi sifatida yakunladi. Uning transfer narxiga 350 ming yevro qo‘shilib, jami 400 ming yevroni tashkil etmoqda.

Foto: Transfermarkt

Shuningdek, «Paxtakor» a’zolari Igor Sergeyev, Muhammadrasul Abdumajidov, «Nasaf» hujumchsi Husayn Norchayev, «Dinamo» futbolchisi Jaloliddin Jumaboyev va «Surxon»dan Behruz Karimov kabi futbolchilarning narxlari 200 ming yevroga oshgan.

«Dinamo» safida ishonchli o‘yin ko‘rsatgan Behruzbek Obloqulovning narxi 175 ming yevroga, «Navbahor» vingeri Ruslanbek Jiyanov va «Paxtakor» himoyachisi Muhammadqodir Hamraliyevning narxlari esa 150 ming yevroga ko‘tarildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Superligada 2025-yilning eng yaxshilari aniqlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek