Vertolyot — tikuchar, reels — qisqa lavha: 66 ta xorijiy atamaning o‘zbekcha muqobillari e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Xorijiy atamalarni o‘zbekcha muqobillariga almashtirish bo‘yicha tashkilotlar va jamoatchilik tomonidan tushgan takliflar o‘rganildi
66 ta xorijiy atamaning o‘zbekcha muqobillari e’lon qilindi
66 ta xorijiy atamaning o‘zbekcha muqobillari e’lon qilindi / Foto: ijtimoiy tarmoq

Sohalarga oid 66 ta xorijiy atamaning o‘zbekcha muqobillari bo‘yicha bildirilgan takliflar e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, xorijiy atamalarni o‘zbekcha muqobillariga almashtirish bo‘yicha tashkilotlar va jamoatchilik tomonidan tushgan takliflar o‘rganildi. Jarayon Atamalar komissiyasining ishchi kengashi — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan ko‘rib chiqilib, barcha bildirilgan taklidlar e’lon qilindi.

Quyidagi xorijiy atamalar muqobillari bilan taklif etildi:

Bundan oldin ham Atamalar komissiyasi bayoni bilan xorijiy tillardan kirib kelgan bir qator so‘zlarga o‘zbekcha muqobillar tavsiya etilgan ro‘yxat tasdiqlangandi. Ro‘yxatga ishbilarmonlik, ommaviy axborot vositalari va kundalik nutqda faol qo‘llaniladigan «avans», «aysberg», «lider», parol, «navigator» kabi xorijiy so‘zlar, shuningdek, rus tilidan kirib kelgan «otvyortka», dostavka, «pereplyot» kabi so‘zlar ham kiritilgan.

Shuningdek