«Zapravka»larda AI-80 benzini bo‘yicha reydlar boshlandi

eʼlon qilindi
26-noyabrdan 2-dekabrgacha
Foto: Getty Images

Avvalroq «Kursiv» nashri 1-dekabrdan O‘zbekistonda AI-80 benzini sotuvi to‘xtatilishi haqida yozgandi.

Respublika bo‘ylab aholiga sifatli va ekologik toza yonilg‘i yetkazib berish maqsadida Ai-80 markali avtobenzin savdosi bo‘yicha nazorat kuchaytirildi. Mazkur yonilg‘i turi vaqtincha sotuvdan olinishi ortidan respublika bo‘ylab AYOQShlarda tekshiruvlar olib borilmoqda.

26-noyabrdan 2-dekabrgacha tashkil etilgan navbatdagi monitoring davomida 90 ta yoqilg‘i quyish shoxobchasidan 191 ta namuna olindi. Laboratoriya tahlillari 23 ta holatda jami 306 430 litr benzinda davlat standartlariga zid nuqsonlar borligini ko‘rsatdi.

Yil boshidan buyon o‘tkazilgan keng qamrovli sifat nazorati jarayonida esa 632 ta obyekt o‘rganilib, ulardan 210 tasida 8,57 million litr sifatsiz neft mahsulotlari aniqlangan. Bunday yonilg‘ining realizatsiyasi to‘xtatilib, sotuvga chiqishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha AYOQShlarga mahsulot sifatini tiklash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan va ularning bajarilishi alohida nazoratga olingan. Tekshiruvlar mamlakat bo‘ylab davom etmoqda.

Bundan oldin Kursiv Uzbekistan YI 2027-yilgacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida yozgandi.

Shuningdek