Yangiliklar

2026-yilda Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining elektr tarmoqlari boshqaruvi investorlarga beriladi

2027-yilda esa Namangan va Toshkent viloyatlari elektr tarmoqlari boshqaruvi ham investorlar uchun taklif qilinadi
2026-yilda Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining elektr tarmoqlari boshqaruvi investorlarga beriladi
2026-yilda Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining elektr tarmoqlari boshqaruvi investorlarga beriladi / Foto: ijtimoiy tarmoq

2026-yilda Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining elektr tarmoqlari boshqaruvi investorlarga beriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev energetika sohasidagi obyektlar va loyihalarni ishga tushirish marosimida ma’lum qildi.

Shuningdek, 2027-yilda esa Namangan va Toshkent viloyatlari elektr tarmoqlari boshqaruvi ham investorlar uchun taklif qilinadi.

«Biz elektr energiyasi generatsiyasi yo‘nalishidagi islohotlarimiz natijasida sohaga xorijiy sarmoyalarni davlat-xususiy sheriklik asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri jalb etishda katta tajriba orttirdik. Joriy yildan nafaqat elektr energiyasini ishlab chiqarish, balki uni iste’molchilarga yetkazib berishda ham xususiy sheriklik tamoyillarini qo‘llashni boshladik», – deydi davlat rahbari.

Xususan, marosimda Samarqand hududiy elektr tarmoqlarini boshqaruvga berish bo‘yicha Turkiyaning «Aksa elektrik» kompaniyasi bilan kelishuvga erishilgani alohida qayd etildi. Mazkur kompaniya tarmoqni operatsion boshqaruvga olib, investitsiya kiritadi, infratuzilmani modernizatsiya qiladi va yo‘qotishlarni bosqichma-bosqich ikki barobarga kamaytiradi. Bu orqali har yili o‘rtacha $20 million dollar tejaladi.

Avvalroq O‘zbekistonda $11 milliardlik 42 ta yangi quvvat va infratuzilma obyektlari ishga tushirilgani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, Mirziyoyev energetika sohasidagi obyektlar va loyihalarni ishga tushirish marosimida hududlarda jami 3,5 ming megavatt quvvatga ega 16 ta quyosh, shamol, issiqlik va gidro stansiyalar foydalanishga topshirilishini ma’lum qildi.