Acemagic Ryzen asosidagi yangi Tank mini-PC kompyutyeri taqdim etildi

5-dekabr 2025 09:53 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Weibo

Acemagic kompaniyasi o‘zining noodatiy dizaynga ega mini-kompyuterlar qatorini yangi Tank M1A Pro+ kompyuteri bilan kengaytirdi. Bu haqda Notebookcheck xabar bermoqda.

Qurilma Ryzen AI Max+ 395 protsessori asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, bu ishlab chiqaruvchining ushbu platformadagi ilk mini-PC’si hisoblanadi. Yangi model yuqori unumdorlikka ega konfiguratsiya bilan taklif etiladi. Kompyuter 128 GB gacha tezkor xotirani qo‘llab-quvvatlaydi. Ma’lumotlarni saqlash uchun esa bir nechta SSD o‘rnatish imkoniyati mavjud bo‘lib, umumiy hajmi 12 TB gacha yetishi mumkin. Shu tufayli Tank M1A Pro+ ixcham korpusda joylashgan bo‘lsa-da, funksional jihatdan to‘liq stol usti kompyuterga tenglashadi.

Tashqi ko‘rinishda korpus yirik tuyuladi, biroq real o‘lchamlari 167 × 167 × 161 mm bo‘lib, hajmi atigi 4,5 litrni tashkil etadi. Bu uni kuchli tizimlar qatoridagi eng ixcham qurilmalardan biriga aylantiradi.

Narx bo‘yicha aniq ma’lumot berilmagan. Biroq bozor amaliyotiga ko‘ra, Ryzen AI Max+ 395 protsessoriga ega mini-PK’lar odatda $1 500–1 700 atrofida taklif etiladi. Shu sababli Acemagic Tank M1A Pro+ ham arzon segmentda bo‘lmasligi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Apple kompaniyasining rivojlanish va muvaffaqiyat tarixi haqida yozgan edi.

Shuningdek