Yangiliklar

AQSh «Lukoyl»ga qo‘yilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi

Ruxsat 2026-yil 29-aprelgacha amal qiladi
Lukoil Iroqdagi West Qurna-2 konida fors-major e’lon qildi
Foto: TASS

AQSh Moliya vazirligi Rossiya neft kompaniyasi «Lukoyl»ga nisbatan qo‘llangan sanksiyalarning bir qismini vaqtincha bekor qildi. Qaror tufayli kompaniyaga tegishli Rossiya tashqarisidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari odatdagi faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘ladi. Ruxsat 2026-yil 29-aprelgacha amal qiladi.

Nima uchun bunday qaror qabul qilindi

AQSh Moliya vazirligi ta’kidlashicha, bu qadam iste’molchilar va yetkazib beruvchilarga zarar yetkazmaslik, shuningdek, ularning kundalik tranzaksiyalarini osonlashtirish uchun kiritilgan. Aks holda, «Lukoyl» brendi ostidagi AYOQShlar to‘xtashi ko‘plab mamlakatlarda logistika va yoqilg‘i ta’minotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin edi.

Qaror nimalarni o‘z ichiga oladi

«Lukoyl» brendi ostidagi AYOQShlar AQSh va boshqa davlatlarda faoliyatini davom ettiradi. Tranzaksiyalarni amalga oshirishga ruxsat beriladi, ammo bu mablag‘larning Rossiyaga oqib ketishining oldi olinadi.

Qaror oktabr oyida prezident Donald Tramp tomonidan kiritilgan sanksiyalarning ayrim bandlarini vaqtincha to‘xtatib turadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Pornhub’ning sobiq egasi «Lukoyl» aktivlariga qiziqish bildirgani haqida yozgandi.