Avtobuslar tezligi oshiriladi — tirbandliklarni kamaytirish bo‘yicha qaror qabul qilindi

eʼlon qilindi
Aholining jamoat transportidan foydalanish darajasi 60 foizga yetkaziladi
Avtobuslar tezligi oshiriladi — tirbandliklarni kamaytirish bo‘yicha qaror qabul qilindi / Foto: old.gov.uz

Toshkent shahri transport tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Poytaxtda transport tizimini boshqarishni takomillashtirish va tirbandliklarning oldi olishga qaratilgan prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, aholining jamoat transportidan foydalanish darajasi 60 foizga yetkaziladi, avtobuslarning o‘rtacha tezligi esa 18 km/soatdan 24 km/soatga oshiriladi. Shuningdek, 150 ming o‘rinli avtoturargohlar barpo etiladi va metropoliten tarmoqlari 103 kilometrga kengaytiriladi.

Shaharda «Yo‘l harakatini tashkil etish markazi» tashkil etiladi. Markazning asosiy vazifalari raqamli va «yashil» texnologiyalar orqali transport oqimlarini doimiy kuzatib borish, Toshkentning transport master-rejasini yaratish va asosiy yo‘llar kesishmalarida ko‘p qavatli avtoturargohlar tashkil etishdan iborat bo‘ladi. Shuningdek, yerusti metro liniyalari ostida xavfsizlik talablariga mos avtoturargohlar tashkil etiladi.

Avvalroq poytaxt hokimi Shavkat Umrzoqov Toshkent yo‘llari aslida 400 ming avtomobil oqimiga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, hozir shaharda 1 mlndan ortiq mashinalar harakatlanayotganini aytgandi. Uning aytishicha, muammoni kamaytirish maqsadida xorijiy tajribaga asoslangan yagona yo‘l harakatini boshqarish markazi tashkil etilmoqda.

Shuningdek