Bentley kompaniyasi 2026-yilda kichikroq elektr krossoverini chiqaradi

5-dekabr 2025 10:42 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Carcoops

Bentley o‘zining ikkinchi elektromodelini Urban SUV deb ataladi va Bentayga’dan kichikroq bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqda Carcoops nashri xabar berdi.

Eng muhimi, yangi model faqat elektr versiyada taqdim etiladi. Bu avtomobil Germaniyadagi Nurburgring trassasida ilk bor sinov paytida ko‘rinish berdi.

Model Bentley’ning Porsche Cayenne Electric bilan umumiy platformada yaratilishi kutilmoqda. Urban SUV Bentayga’dan ixchamroq, pastroq tom chizig‘iga ega, lekin baribir premium o‘lchamdan kichik emas, taxminan Cayenne Electric bilan teng.

Bentley EXP15 konseptidagi vertikal faralar bu modelda bo‘lmaydi, sinov prototipidagi faralar an’anaviy shaklda joylashgan.

Foto: Carcoops

Kuzatuvchilar salondan kichik parchalarni ko‘ra olishgan, ammo asosiy detallar yashirinligicha qolgan. Biroq Bentley bozorni to‘ldirib yuborgan katta planshet-displeylaridan voz kechadi va brendga xos klassik hashamat uslubini davom ettiradi.

Texnik qism: katta batareya, tez zaryad

Urban SUV’da Cayenne Electric’dagi kabi 113 kVt/soat batareya va 800 voltlik arxitektura qo‘llanishi kutilmoqda. Bu uzoq masofa, 10–80 foiz oralig‘ida atigi 16 daqiqada tezkor zaryad
berish imkonini yaratadi.

Cayenne Electric’ning quvvat parametrlari quyidagi diapazonni beradi:

  • 402–435 ot kuchi (standart versiya);
  • 844–1139 ot kuchi (Turbo versiya, Launch Control rejimida).

Rasmiy namoyish 2026-yilning o‘rtalariga mo‘ljallangan va dastlabki yetkazib berishlar 2027-yilda amalga oshiriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bentley o‘z tarixidagi eng kuchli krossoverni namoyish etgani haqida yozgandi.

Shuningdek