Boliviyada 16 mingdan ortiq dinozavr izlari topildi

eʼlon qilindi
Ushbu izlar 101 mln yil avval qoldirilgan
Foto: CNN

Boliviyadagi Torotoro milliy bog‘ida olimlar 16 ming dan ortiq teropod izlarini aniqladilar. Ushbu izlar bo‘r davrining oxirida, taxminan 101 mln yil avval qoldirilgan. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Carreras Pampas deb nomlanuvchi hududda olib borilgan tadqiqotlar taxminan 7,4 ming kvadrat metr maydonni qamrab oldi. Topilgan izlarning barchasi uch barmoqli, ikki oyoqda yuruvchi go‘shtxo‘r dinozavrlar teropodlarga tegishli. Olimlarning ta’kidlashicha, ushbu hudud Argentina, Boliviya va Peruni bog‘lovchi yirik «dinozavr magistrali»ning bir qismi bo‘lgan va bu yerda harakatlanish tig‘iz bo‘lgan.

Foto: CNN

Izlarning shakli va oralig‘i jonivorlarning xatti-harakatlarini ochib berdi. Ba’zilari sekin yurgan, boshqalari yugurgan. Dinozavrlarning o‘lchamlari turlicha bo‘lib, ularning balandligi 65 santimetrdan 125 santimetrgacha yetgan. Hududda dinozavrlardan tashqari qushlarning izlari ham topilgan.

Foto: CNN

Professor va tadqiqot hammuallifi Jeremi Maklartining so‘zlariga ko‘ra, bu topilma suyak qoldiqlaridan farqli o‘laroq, jonivorlarning aynan tiriklik chog‘idagi harakatlarini ko‘rsatib beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Senator Rodrigo Paz Boliviyada prezidentlik saylovida g‘alaba qozongani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek