Geosiyosiy taranglik neft bozorida narxni barqarorlashtirdi

eʼlon qilindi
Taklifning ko‘pligi bozordagi narxlarni muvozanatda ushlab turibdi
Foto: Economy Middle East

Ukrainadagi tinchlik muzokaralarining to‘xtab qolishi fonida neft narxlari barqarorlashdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

5-dekabr holatiga ko‘ra, savdolar davomida Brent markali neft narxi 0,1 foizga pasayib, bir barreli 63,18 dollarni, WTI esa 0,2 foizga arzonlashib, 59,53 dollarni tashkil qildi. Shunga qaramay, WTI haftalik hisobda 1,7 foiz o‘sishni qayd etib, ketma-ket ikkinchi hafta ijobiy natija ko‘rsatdi. Tahlilchilar bozorning hozirgi holatini geosiyosiy taranglik va ishlab chiqarish hajmining barqarorligi bilan izohlamoqda.

«Muzokaralardagi siljish yo‘qligi narxlarni qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa, ishlab chiqarishining barqarorligi unga bosim o‘tkazmoqda», — dedi tahlilchi Tamas Vargas.

Shuningdek, bozor ishtirokchilari AQSh Federal zaxira tizimi (FRS) stavkasining pasayishi ehtimolini baholamoqda. So‘rovlarda qatnashgan iqtisodchilarning 82 foizi kelasi hafta foiz stavkalari 0,25 foizga pasayishini kutmoqda, bu esa energiya talabini rag‘batlantirishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan YI 2027-yilgacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek