Lifestyle

Google 2025-yil bo‘yicha eng mashhur qidiruv natijalarini e’lon qildi: «Anora» yetakchi

Yilning eng ko‘p o‘qilgan yangiliklari qatorida Charlie Kirkning o‘ldirilishi bo‘ldi
Foto: depositphotos.com

Google yil yakuniga doir an’anaviy hisobotida 2025-yilda foydalanuvchilar eng ko‘p izlagan mavzularni ma’lum qildi. Unga ko‘ra, film kategoriyasida mutlaq yetakchi «Anora» bo‘ldi. Undan keyin Supermen va «Minecraft: Kino» kartinalari joy olgan.

Foto: Wikipedia

Aktyorlar boʻyicha eng ko‘p qidirilgan shaxs – aktrisa Mayki Medison. Undan keyin Lyuiz Pullman va Izabela Merse’d ham qiziqish bo‘yicha yuqori o‘rinlarni egallagan.

Seriallar orasida esa «Monstrlar: Ed Gin tarixi» eng ko‘p izlangan loyiha bo‘ldi.

Foto: The Guardian

Shuningdek, «Kalmar o‘yini» (Squid Game) va «O‘tish davri» («Perexodnoy vozrast») ham yilning eng ko‘p qidirilgan seriallari qatoridan o‘rin oldi. Ma’lumot uchun, «Kalmar o‘yini»ning uchinchi mavsumi 27-iyun kuni premyera qilingandi.

Foto: Steam

Kompyuter o‘yinlari ichida foydalanuvchilar eng ko‘p Arc Raiders, Battlefield 6 va Strands nomlarini izlashgan.

Alex Warren - Ordinary (Official Video)

Qo‘shiqlar matnlari bo‘yicha esa Bad Bunny — DtMF, Silent Open Up — Tabola Bale va Aleks Uorren — Ordinary 2025-yilning eng ko‘p qidirilgan kompozitsiyalari bo‘ldi.

Yilning eng ko‘p o‘qilgan yangiliklari qatorida Charlie Kirkning o‘ldirilishi, Eron voqealari va AQSh hukumatining vaqtincha faoliyati to‘xtatilgani haqidagi xabarlar yetakchilik qildi.

Foto: Rolling Stone

Shaxslar kategoriyasida esa D4vd, Kendrick Lamar va Jimmy Kimmel eng ko‘p izlanuvchi nomlar bo‘ldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan YouTube Yil yakunlari funksiyasini ishga tushirgani haqida yozgandi.