Mortal Kombat yulduzi Keri-Xiroyuki Tagava 75 yoshida vafot etdi

«Mortal Kombat» filmidagi mashhur aktyor Keri-Xiroyuki Tagava AQShning Santa-Barbara shahrida 75 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Variety nashri xabar berdi. Aktyorning menejeri bildirgan ma’lumotga ko‘ra, o‘lim sababi yaqinda boshidan kechirgan insultdan keyingi asoratlar bo‘lgan.
Tagava o‘z faoliyati davomida o‘nlab kino va seriallarda rol ijro etdi. U ko‘pincha xarizmatik, kuchli salbiy qahramon obrazlarini yaratgani bilan tanilgan. Televizion loyihalar orasida Amazon platformasida namoyish etilgan «Yuksak qasrdagi odam» («The Man in the High Castle») serialidagi markaziy rollaridan biri alohida e’tirof etiladi.
Aktyorga keng ommaviy mashhurlikni 1995-yilda suratga olingan «Mortal Kombat» filmidagi sehrgar Shan Tsung roli olib keldi. Bu obraz uning eng taniqli ishlari qatoriga kirib, Tagavani butun dunyoga mashhur qildi. U 2019-yilda chiqarilgan yangi videoo‘yin versiyasida ham Shan Tsung obraziga qaytdi. Qahramonga ovoz berib, o‘z tashqi qiyofasini ham personaj uchun taqdim etdi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Dharmendra 89 yoshida vafot etgani haqida yozgan edi.