Avto

Nio Onvo L60 Black Knight 21 ming dollar narxda sotuvga chiqdi

2025-yil sentabrda Onvo L60 yangilangan talqini chiqarilgan
Foto: CarNewsChina

Nio kompaniyasining Onvo L60 Black Knight Edition maxsus talqindagi elektromobili Xitoyda rasmiy yetkazib berila boshlandi. Fastback kuzovli ushbu SUV BaaS (Battery as a Service) rejasi bilan $21,9 mingdan taklif qilinmoqda. Seriya cheklangan bo‘lib, atigi 666 dona avtomobil ishlab chiqariladi.

Foto: Onvo

Model 2024-yil sentabrda sotuvga chiqarilgan, Tesla Model Y’ga raqib sifatida taqdim etilgan standart Onvo L60 asosida yaratilgan. L60 dastlab 206,9–255,9 ming yuan ($29,26–36,19 ming) oraliq narxlarda taklif qilingan. BaaS rejasi orqali esa akkumulyatorsiz versiya 149,9 ming yuan ($21,2 ming) dan boshlangandi. Shunga qaramay, 2024-yil sentabrdan 2025-yil sentabrgacha bo‘lgan davrda model 68 707 dona sotilgan va bu Nio kutgan ko‘rsatkichlardan past bo‘lgan.

2025-yil sentabrda Onvo L60 yangilangan talqini chiqarildi. Narxlar o‘zgarmagani holda, funksional jihozlar boyitildi. Yetkazib berish oktabr o‘rtalarida boshlangan. Sotuvni jonlantirish maqsadida 5-dekabr kuni Nio Black Knight maxsus versiyasini taqdim etdi.

Foto: Onvo

Narxlar:

ModelSotib olish turiNarx
Onvo L60 Black KnightBaaS (batareyasiz)$21,900
Onvo L60 Black KnightBatareya bilan to‘liq$29,965
Onvo L90 Black KnightBaaS (batareyasiz)$31,060
Onvo L90 Black KnightBatareya bilan to‘liq$43,160

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Onvo L60 elektromobili ilk bor O‘zbekiston bozoriga olib kelingani haqida yozgan edi.