Yangiliklar

O‘zbekiston 2040-yilgacha AES quvvatini ikki barobar oshirishni rejalashtirmoqda

Atom elektr stansiyasi quvvati 4 GVt ga yetkazilishi kutilmoqda
XS.uz

O‘zbekiston 2040-yilga kelib katta atom elektr stansiyasi (AES) quvvatini avval rejalashtirilgan 2 GVt dan 4 GVt gacha oshirishni maqsad qilgan. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalida e’lon qilindi.

«O‘zbekiston 24» telekanali e’lon qilgan Jizzax viloyatidagi integratsiyalashgan AESni joylashtirish sxemasida to‘rtta katta quvvatli energoblok qurilishi tasvirlangan. Ularning ikkitasi Rossiyaning VVER-1000 reaktorlari bo‘lib, avvalroq loyihada faqat ikkita shunday reaktor bo‘lishi aytilgan edi.

Foto: XS.uz

Sxemaga ko‘ra, har bir blok uchun ikkita sovitish minorasi, shuningdek, RITM-200N kichik modulli reaktori va tegishli infratuzilma obyektlari qurilishi rejalashtirilgan. Energetika vazirligining 2040-yilgacha bo‘lgan energobalans strategiyasiga ko‘ra, atom generatsiyasi 2030-yilda 0,3 GVt o‘rnatilgan quvvat bilan ishga tushadi.

2035-yilga kelib quvvat 2 GVt ga, 2040-yilda esa 4 GVt ga yetib, ko‘mir generatsiyasidan o‘zib ketishi proqnoz qilinmoqda. Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha 2032-yilda tarmoqqa 0,5 mlrd kVt/soat, 2040-yilda esa qariyb 10 mlrd kVt/soat elektr energiyasi yetkazib berilishi kutilmoqda. Bu prognoz qilinayotgan umumiy iste’molning 6 foizini tashkil etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «O‘zatom» delegatsiyasi Italiyada yirik energiya turbinalari ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishgani haqida xabr bergan edi.