Yangiliklar

Samsung 25 volt quvvatli simsiz zaryadlovchi ustida ishlamoqda

Qurilmaning katalog raqami – EP-P2900
Foto: Samsung

Samsung o‘zining Galaxy S26 flagmanlari uchun yangi 25 Vt simsiz zaryadlovchi qurilma tayyorlayotgani ma’lum bo‘ldi. Qurilmaning katalog raqami – EP-P2900.

Hozirgi Samsung simsiz zaryadlovchilari 15 Vt quvvatga ega. Demak, yangi model deyarli ikki baravar tezroq zaryadlash imkonini beradi. Bu esa Galaxy S26 Ultra haqidagi avvalgi mish-mishlarni yana bir bor tasdiqlab turibdi – Ultra modeli 25 Vt simsiz, oddiy S26 va S26+ esa 20 Vt simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda. WinFuture manbasi qurilma aynan Galaxy S26 liniyasi uchun yaratilayotganini ta’kidlaydi.

Dizayn va moslik

  • Rangi to‘q kulrang,
  • Moslik: Galaxy S va Galaxy Z seriyasi smartfonlari, Galaxy Buds quloqchinlari. Shu bois yangi baza zaryadlovchi butun ekotizimga mos universal aksessuar sifatida taqdim etiladi.

Galaxy S26 seriyasi haqida yangi ma’lumotlar

Insayderlarga ko‘ra Galaxy S26 Ultra — 60 Vt simli zaryadlash, Galaxy S26 — 25 Vt, Galaxy S26+ — 45 Vt (o‘zgarmaydi) iborat.

Samsung flagmanlarining bozor taqdimoti 2026-yil fevral oyida o‘tkazilishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung bukiluvchi smartfonlar bozorida yetakchilikni saqlab qolgani haqida yozgandi.