Shavkat Mirziyoyev BAA, Turkiya, Ozarbayjon va Qirgʻiziston energetika vazirlari bilan uchrashdi

eʼlon qilindi
Qirgʻiz energetika vaziri Taalaybek Ibrayev bilan Qambar-ota GES-1 loyihasi muhokama qilindi
Shavkat Mirziyoyev BAA
Shavkat Mirziyoyev BAA delegatsiyasi bilan / Foto: prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 5-dekabr kuni BAA, Turkiya, Ozarbayjon va Qirg‘iziston delegatsiyalarini qabul qilib, energetika va infratuzilma sohalaridagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilmalar vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiya bilan muloqotda Masdar, Etihad Water & Electricity va TAQA Water Solutions kompaniyalari ishtirok etdi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi energetika loyihalari kengayib, loyihalar portfeli $20 milliardga yetgan. Xususan, Masdar bilan mamlakatda $1,5 milliardlik oltita loyiha amalga oshirildi. Buxoroda yangi quyosh stansiyasi ishga tushirildi, Qashqadaryoda esa 600 mln dollarlik yangi inshootlar qurilishi boshlangani alohida ta’kidlandi.

Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslon Bayroqdor boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvda AKSA va Cengiz Energy kompaniyalari ham ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi strategik sheriklik mustahkamlanib borayotgani ta’kidlandi.

So‘nggi yillarda umumiy quvvati 1,8 GVt bo‘lgan $1 mlrdlik elektr stansiyalari loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Energetika tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnologiyalarni mahalliylashtirish bo‘yicha yangi loyihalar muhokama qilindi.

Mirziyoyev Ozarbayjon energetika vaziri bilan / Foto: prezident matbuot xizmati

Ozarbayjon energetika vaziri Parviz Shahbozov bilan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi ittifoqchilik va energetika hamkorligini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Neft-gaz sohasi, geologiya-qidiruv, «yashil» energetika va kimyo sanoatida yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi energetika vaziri / Foto: prezident matbuot xizmati

Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi energetika vaziri Taalaybek Ibrayev bilan muloqotda savdo va yuk tashish hajmining oshayotgani, kooperatsion loyihalar faollashganini qayd etdi. Energetika sohasida barqaror hamkorlik davom etayotganiga urg‘u berilib, suv energetikasidagi qo‘shma tashabbuslar, xususan Qambar-ota GES-1’ni birgalikda rivojlantirish muhim ekani ta’kidlandi.

Avvalroq 2026-yilda Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining elektr tarmoqlari boshqaruvi investorlarga berilishi xabar qilingandi. Shuningdek, 2027-yilda esa Namangan va Toshkent viloyatlari elektr tarmoqlari boshqaruvi ham investorlar uchun taklif qilinadi.

Shuningdek