Tarixiy bitim: Netflix Warner Bros’ni 82,7 mlrd dollarga sotib oladi

5-dekabr 2025 20:25 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Netflix

Netflix Warner Bros Discovery’ning kino va striming biznesini $82,7 mlrdga sotib olishga kelishib oldi.

Ushbu bitim nafaqat 2025-yilning, balki butun zamonaviy kino industriyasining eng yirik voqealaridan biri bo‘lishi mumkin.

Nimalar sotib olinmoqda

Kelishuvga ko‘ra, Netflix Warner Bros’ning Harry Potter, Game of Thrones va boshqa mashhur film-franshizalari, HBO Max striming platformasi kabi asosiy aktivlarini qo‘lga kiritadi. Netflix bu bo‘yicha Comcast va Paramount-Skydance bilan raqobatda g‘olib bo‘ldi.

Nega bu tarixiy bitim

Bu kelishuv Netflix’ni nafaqat striming, balki global kino industriyasining eng yirik o‘yinchisiga aylantiradi. Ammo bitim hali raqobat organlari tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Netflix hammuassisi Ted Sarandos bu borada to‘liq ishonch bilan oldinga yurmoqdamiz, deya ta’kidladi.

Uning aytishicha:

«Warner Bros o‘tgan asrni, Netflix esa kelasi asrni belgilashi mumkin. Ikki kompaniya birlashsa — yangi hikoyachilik davri boshlanadi»/

HBO Max nima bo‘ladi

Netflix bosh direktori Greg Petersning fikricha HBO brendi saqlanib qoladi, ammo uning qanday shaklda taklif qilinishi hozircha aniq emas.

Bu kelajakda HBO Max Netflix tarkibida alohida bo‘lim sifatida mavjud bo‘lishi mumkinligini bildiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Paramount Warner Bros’ni xarid qilish bo‘yicha kompensatsiya miqdorini 5 mlrd dollarga oshirgani haqida yozgandi.

Shuningdek