Xiaomi Redmi Note 15 Pro 4G taqdimotdan oldin oshkor bo‘ldi

5-dekabr 2025 13:13 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: AVIC

Xiaomi’ning Redmi Note 15 Pro 4G smartfoni rasmiy e’lon qilinmasidan avva oshkor bo‘ldi. Qurilma narxi 293 yevro bo‘lib, u 300 yevrodan arzon segmentga kiradi.

Redmi Note 15 Pro 4G 6,77 dyuymli OLED ekran bilan jihozlanadi. Displey o‘lchami 5G-versiyadagi 6,83 dyuymlik paneldan biroz kichik hamda ruxsati 1080p+ darajasida bo‘ladi. 5G modelida esa 1280p+ qo‘llaniladi. Smartfon 6 500 mA/soatli batareya bilan ta’minlangan va 45 Vt quvvatli simli tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Batareya sig‘imi 5G talqiniga yaqin bo‘lib, u yerda 6 580 mA·soat ko‘rsatkich qayd etilgan.

Protsessor sifatida MediaTek’ning Helio G200 Ultra chipi ishlatiladi. Bu 5G modelidagi Dimensity 7400 Ultra platformasidan pastroq toifaga mansub. Qurilmaning xotira konfiguratsiyasi 8 GB operativ va 256 GB doimiy xotiradan iborat.

Kamera blokida jiddiy yangilik yo‘q, biroq bu ijobiy jihat sanaladi. Redmi Note 15 Pro 4G 200 megapikselli asosiy kamerani oladi. Sensor o‘lchami 1/1,4 dyuym bo‘lib, u Pro 5G modelida ham qo‘llaniladigan modul bilan bir xil sanaladi. Shu orqali Xiaomi 4G versiyani ham foto imkoniyatlar jihatidan deyarli flagman darajaga yaqinlashtirgan.

Xabarlarga ko‘ra, Redmi Note 15 global liniyasi yaqin haftalarda rasman savdoga chiqarilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Redmi K90 Ultra haqida dastlabki ma’lumotlar paydo bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek