6-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi

O‘zbekistonning barcha hududlarida 6-dekabr kuni ob-havo nisbatan barqaror bo‘lib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin.
Toshkent shahri
Poytaxtda havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat kechqurun ayrim hududlarda biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Kechasi va ertalab tuman kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 0-2° iliq, kunduzi 9-11°.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman ehtimoli bor. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi hududlarda tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq – 3° iliq, kunduzi 8-13° iliq.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari
Hududlarning katta qismida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Faqat Toshkent viloyatida kechga yaqin ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq – 3° iliq, kunduzi 8-13° iliq.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Janubda havo iliq va barqaror. Tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, ayrim joylarda 2° sovuq, kunduzi 12-17° iliq.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari
Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol biroz kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq – 2° iliq, kunduzi 6-11° iliq.
Tog‘li hududlar
Tog‘larda ba’zi joylarda yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin, tuman saqlanadi. Harorat kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 0-5° iliq.
Avvalroq «Kursiv» nashri 8-dekabrdan O‘zbekistonga sovuq va nam havo kirib kelishi haqida yozgandi.