Yangiliklar

Kogondagi portlash qurbonlari, «JCh – 2026»: Husanov Ronalduga qarshi, qor ko‘chadigan hududlar — 6-dekabrning muhim yangiliklari

Kursiv Uzbekistan yangiliklari
Мечеть в Ташкенте
Foto: Prezident matbuot xizmati

«Kursiv» nashri 6-dekabr kuni O‘zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.

Husanov Ronalduga qarshi: O‘zbekistonning «JCh – 2026»dagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

Foto: Bundesliga

AQShning Vashington shahrida futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionati final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zgekistonga «K» guruhida Portugaliya va Kolumbiya raqiblik qiladi.

O‘zbekiston Jahon chempionatida RonalduVitiniyaJoao Nevesh kabi yulduzlarga ega Portugaliya hamda Luis DiasHames Rodrigezdek nomdor futbolchilarga ega Kolumbiya terma jamoasi bilan to‘qnash keladi. Shuningdek, guruhdagi uchinchi raqib o‘tish o‘yinlari orqali ma’lum bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari qaysi banklardan valyuta ayirboshlasa bo‘ladi

Курс валют на 3 октября
Foto: Jonathan Borba / Unsplash

Markaziy bank dam olish kunlari aholiga qulaylik yaratish maqsadida bir qator tijorat banklarida valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatlari davom etishini ma’lum qildi.

6 – 7-dekabr — shanba va yakshanba kunlari 25 ta banklarning ayrim shoxobchalari faoliyat yuritadi.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord darajaga yetdi — 61,2 mlrd dollar

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $55 mlrdga yetdi
Foto: ijtimoiy tarmoq

O‘zbekiston Markaziy banki xalqaro rezervlari noyabr oyida keskin oshib, tarixiy maksimumni yangiladi. 1-dekabr holatiga ko‘ra, mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari $61,23 mlrdni tashkil etmoqda. Bu bir oyda $1,89 mlrdga o‘sish demakdir.

Regulyator ma’lumotiga ko‘ra, oltin zaxiralari bir oyda $3 mlrdga oshib, $50,86 mlrdga yetdi. Oltinning fizik hajmi ham 0,3 mln unsiyaga ko‘payib, 12,2 mln troy unsiyani tashkil qildi.

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

Qamchiq dovonida qor yog‘di
Ekran tasviri videodan olindi

6 – 9-dekabr kunlari respublika bo‘ylab kuzatiladigan yog‘ingarchilik va haroratning keskin pasayishi oqibatida Toshkent hamda Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» tezkor ogohlantirish bilan chiqdi.

Toshkent metrosining 16 ta bekatida kassalar yopiladi

Toshkent metropoliteni to‘lov tizimini raqamlashtirish bo‘yicha navbatdagi bosqichni boshladi. 2025-yil 9-dekabrdan boshlab «Yer usti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi barcha 14 ta bekatda, shuningdek Paxtakor va Alisher Navoiy bekatlarida an’anaviy kassalar faoliyati to‘xtatiladi. Bu haqda Metropoliten boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Kogonda portlovchi modda ishlab chiqarish sexida sodir bo‘lgan portlashda 4 kishi halok bo‘ldi

Foto: FVV

Buxoro viloyatining Kogon tumani Mustaqillik mahallasi hududida joylashgan «Shams LTD» MChJga qarashli portlovchi moddalar ishlab chiqarish sexida 6-dekabr kuni ertalab portlash sodir bo‘ldi. Hodisa soat 09:40 da yuz bergan bo‘lib, chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqqan.

Favqulodda vaziyatlar xizmatining ma’lum qilishicha, yong‘in joyiga yetib kelgan 7 ta qutqaruv bo‘linmasi olovni soat 10:27 da to‘liq bartaraf etgan.

Portlash sodir bo‘lgan paytda sexda 30 nafar ishchi bo‘lgan. Ulardan 4 nafari halok bo‘lgan. Yengil jarohat olgan 4 nafar xodim shifoxonaga yotqizilgan, ulardan 2 nafari ko‘rikdan so‘ng uyiga javob berilgan.