Toshkent metrosining 16 ta bekatida kassalar yopiladi

eʼlon qilindi
9-dekabrdan boshlab
Foto: Gelio.journal.com

Toshkent metropoliteni to‘lov tizimini raqamlashtirish bo‘yicha navbatdagi bosqichni boshladi. 2025-yil 9-dekabrdan boshlab «Yer usti xalqa yo‘li» yo‘nalishidagi barcha 14 ta bekatda, shuningdek Paxtakor va Alisher Navoiy bekatlarida an’anaviy kassalar faoliyati to‘xtatiladi. Bu haqda Metropoliten boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Ushbu o‘zgarish naqd pul aylanmasini kamaytirish, to‘lov jarayonini shaffoflashtirish va yo‘lovchilarga tezroq xizmat ko‘rsatishni maqsad qiladi. Kassalar o‘rniga to‘liq avtomatlashtirilgan infokioskalar o‘rnatilgan bo‘lib, ular yo‘lovchilarga QR-kod asosida chipta xarid qilish imkonini beradi.

Yangi infokioskalar yo‘lovchilarga jarayonni ancha tezlashtiradi. Navbatlar kamayadi, chipta olish uchun bir necha soniya kifoya qiladi. QR-kodli chiptalarni mobil telefonda saqlash yoki infokioska chop etgan kvitansiya orqali foydalanish mumkin bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent metrosiga 2026-yilda 56 ta yangi vagon xarid qilinishi haqida yozgandi.

Shuningdek