
Xiaomi kompaniyasining navbatdagi superkamerafoni Xiaomi 17 Ultra kutilganidan ham erta taqdim etilishi mumkin. SmartPikachu nashriga ko‘ra, smartfon 15–25 dekabr oralig‘ida rasman namoyish qilinadi.
Asosiy e’tibor — 1 dyuymli kameraga
Yangi model narxi o‘tgan avlodga yaqin bo‘lishi kutilmoqda. Asosiy yangilik — 1 dyuymli 50 MP sensor (ehtimol, OmniVision OV50X). Kamera tizimi uch modulga qisqartiriladi:
- 50 MP 1 asosiy sensor,
- 200 MP periskop teleobyektiv,
- 50 MP keng burchakli modul.
Yangi aksessuar va qo‘shimcha imkoniyatlar
MIIT bazasida 25125PS17S raqamli yangi qurilma paydo bo‘ldi. U faqat Xiaomi 17 Ultra bilan ishlaydigan maxsus fotoaksessuar bo‘lishi mumkin. Eng qiziq jihati — ushbu gadjet smartfon uchun tashqi akkumulyator vazifasini ham bajarishi aytilmoqda.
Texnik xususiyatlar
Smartfon eng kuchli chipsetlardan biri — Snapdragon 8 Elite Gen 5 asosida ishlaydi. Shuningdek:
- 6000–7000 mA·soat sig‘imli batareya,
- ultratovushli barmoq izlari skaneri,
- ikki xil sun’iy yo‘ldosh tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash,
- mustahkamlangan korpus kutilmoqda.
SmartPikachu avval ham Xiaomi’ning yangi mahsulotlari haqida aniq ma’lumot bergan — u Xiaomi 13 Ultra va Xiaomi Pad 6 haqida birinchi bo‘lib xabar bergan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi Redmi Note 15 Pro 4G taqdimotdan oldin oshkor bo‘lgani haqida yozgandi.