
iGuides 2025-yilning yakuniy texno-reytinglarini e’lon qildi va yil davomida taqdim etilgan eng yaxshi smart-soatlar nomi aniq bo‘ldi. Ro‘yxatga Apple, Samsung, Huawei, OnePlus va Amazfit kabi yirik brendlarning asosiy yangiliklari kiritildi.
Quyida eng muhim modellarning qisqa sharhi keltiriladi.
Apple Watch Series 11 — funksional va tanish dizayn

Apple o‘zining Series 11 avlodida ko‘rinishni deyarli o‘zgartirmadi, biroq mustahkam Ion-X va safir oynasi, uyquni yaxshiroq tahlil qilish, qon bosimi monitoringi asosida gipertoniya haqida ogohlantirish kabi funksiyalarni qo‘shdi. iPhone egalari uchun eng qulay tanlov bo‘lib qoladi.
Apple Watch Ultra 3 — premium segmentning davomchisi

Ultra 3 minimal o‘zgarishlarga ega: kattaroq ekran, yanada ingichka ramkalar, 1 nitgacha past yorqinlik, tezroq zaryadlash. Biroq avtonomlik o‘zgarmagan. Eng so‘ngi va eng qimmat Apple soatini xohlovchilar uchun.
Apple Watch SE 3 — eng yaxshi budjet varianti

SE 3 2025-yilning eng xaridorgir budjet soati bo‘ldi. Always-On Display, S10 chipi, uyquni baholash, 5G qo‘llovi va hatto apnoe aniqlash funksiyasi bilan jihozlangan. Narxi past, funksiyalari esa flagmanlarga yaqin.
Samsung Galaxy Watch8 — kuchli Wear OS va ajoyib ekran

Samsung o‘ziga xos dizaynni davom ettiradi. 3 ming nit yorqinlik, Exynos W1000 chipi va qulay rotatsion bezel bilan jihozlangan. Wear OS 6 barcha Google servislarini qo‘llaydi.
Samsung Galaxy Watch Ultra 2 — sportchilar uchun

Titan korpus, 3 ming nit yorqinlik, mustahkam dizayn va keng sport funksiyalari bilan ajralib turadi. Biroq Samsung soatlari iPhone bilan ishlamaydi, bu cheklov saqlanib qolgan.
Huawei Watch 5 — sog‘liq monitoringiga urg‘u

Asosiy yangilik — X-TAP sensori, u 11 ta yurak-qon tomir ko‘rsatkichlarini tezkor o‘lchab beradi. 3–5 kunlik avtonomlik, simsiz zaryadlash, premium korpus.
Huawei Watch Fit 4 Pro — katta ekranli, yengil, funksional

1,82 dyuymli ekran, sapfir oynasi, qulay dizayn va soatdan turib qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati. Kamchilik — HarmonyOS’ning cheklangan ilova do‘koni.
Huawei Watch GT 6 / GT 6 Pro — klassik dizayn va puxta OS

GT 6 seriyasi eng silliq ishlaydigan HarmonyOS 6 bilan keldi. OLED ekran, po‘lat yoki titan korpus, yaxshi sog‘liq sensorlari — o‘z segmentida eng muvozanatli model.
OnePlus Watch 3 — kuchli Wear OS, uzun avtonomlik

Snapdragon W5 platformasi asosida ishlaydi, 1,5 LTPO AMOLED ekrani bor. 5–8 kunlik avtonomlik — Wear OS uchun juda yaxshi. Biroq iPhone bilan mos emas.
Amazfit Balance 2 — funksional va tejamkor flagman

10 ATM himoya, kuchli sog‘liq sensorlari, juda ko‘p ilovalar va cheksiz watchface’lar. AMOLED ekran 2000 nit yorqinlikda ishlaydi. Kundalik foydalanish uchun eng qulay variantlardan biri.
Amazfit Active 2R — minimalizm va 10 kunlik avtonomlik

1,32 ekran, ZeppOS, sokin dizayn va uzoq quvvat saqlash — budjet segmenti uchun juda kuchli taklif.
Amazfit T-Rex 3 Pro — ekstremal sharoitlar uchun

G-SHOCK uslubidagi mustahkam korpus, 10 ATM himoya, -30°C dan +70°C gacha chidamlilik. 2000 nit OLED ekrani bilan tog‘da ham, quyoshda ham yaxshi ko‘rinadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan eng ishonchli avtomobil brendlari e’lon qilingani haqida yozgandi.