7-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi
eʼlon qilindi
Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chishi xavfi bor

Joriy yilning 7-dekabr kuni O‘zbekiston hududida havo o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Ba’zi hududlarda tuman tushishi kuzatiladi.
Quyida ob-havo ma’lumoti hududlar kesimida:
| Hudud / Viloyat | Kunduzgi harorat | Holat |
|---|---|---|
| Toshkent shahri | 11…13° iliq | Havo o‘zgaruvchan. Ertalab yomg‘ir, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechqurun biroz yomg‘ir bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 m/s. |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | 1…8° iliq | Havo o‘zgaruvchan. Ba’zi joylarda yomg‘ir, shimolda qor. Tuman kuzatilishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s. |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | 10…15° iliq | Havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman. Shamol sharqdan 7–12 m/s. |
| Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari | 10…15° iliq | Havo o‘zgaruvchan. Ba’zi joylarda yomg‘ir va tuman. Shamol sharqdan 7–12 m/s. |
| Samarqand viloyati | 10…15° iliq | Havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s. |
| Qashqadaryo viloyati | 12…17° iliq | Havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s. |
| Surxondaryo viloyati | 12…17° iliq | Havo o‘zgaruvchan. Kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir. Shamol sharqdan 7–12 m/s. |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | 6…11° iliq | Havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman. Shamol sharqdan 5–10 m/s. |
| Respublikaning tog‘li hududlari | 2…7° iliq | Ba’zi joylarda yomg‘ir va qor. Tuman. Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7–12 m/s. |
Avvalroq 6 – 9-dekabr kunlari respublika bo‘ylab kuzatiladigan yog‘ingarchilik va haroratning keskin pasayishi oqibatida Toshkent hamda Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi yuzaga kelishi mumkinligi xabar qilingandi.