8-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi

eʼlon qilindi
8-dekabrda respublikaning ko‘plab hududlarida yomg‘ir yog‘adi
8-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi
8-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi / Foto: depositphotos

Joriy yilning 8-dekabridan boshlab O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. «O‘zgidromet»ga ko‘ra, 8-dekabrda respublikaning ko‘plab hududlarida yomg‘ir yog‘adi, tuman tushadi.

Hududlar bo‘yicha batafsil ob-havo jadvali:

HududKechasi haroratKunduzgi haroratHolat
Toshkent shahri+3…+5°+5…+7°Havo o‘zgaruvchan, yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 3–8 m/s.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati−2…−7°+3…+8°Havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda tuman. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s.
Buxoro va Navoiy viloyatlari0…+5° +8…+13°Havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda yomg‘ir. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari+2…+7°+5…+10°Havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda yomg‘ir va tuman. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s.
Qashqadaryo viloyati+2…+7°+12…+17°Havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda yomg‘ir. Shamol sharqdan 7–12 m/s.
Surxondaryo viloyati+2…+7°+12…+17°Havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari−2…+3°+6…+11°Havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda yomg‘ir va tuman. Shamol g‘arbdan 7–10 m/s.
Tog‘li hududlar−1…−6°0…+5°Yomg‘ir va qor, ba’zi joylarda kuchli. Tuman. Toshkent va Namanganda qor ko‘chishi xavfi mavjud. Shamol sharqdan 7–12 m/s.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zgidromet» bergan tezkor gidrometeorologik axborotga ko‘ra, 8 – 9-dekabrda respublikaning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda esa 8 – 10-dekabr davomida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.

Shuningdek