BMT va Rossiya Farg‘ona vodiysida iqlimga chidamli dehqonchilikni rivojlantiradi

eʼlon qilindi
Bmt
Birinchi loyiha 2025-yil oxirida ishga tushadi
агропром
Foto: Unsplash

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Rossiya ko‘magida Farg‘ona vodiysi va Afrikaning Saxel mintaqasida iqlimga moslashuvchan dehqonchilikni rivojlantirish bo‘yicha ikki yirik loyiha boshlashini ma’lum qildi. Bu haqda FAO’ning Rossiya bilan aloqalar bo‘yicha direktori Oleg Kobyakov TASS’ga bergan intervyusida aytdi.

Kobyakovning aytishicha, ikkala loyiha Rossiya tomonidan «Janub – Janub» hamkorligi liniyasi orqali ajratilgan $3 million hisobidan moliyalashtiriladi. Loyihalar ijrochisi sifatida Rossiyaning agromelioratsiya bo‘yicha yetakchi ilmiy institutlari jalb etiladi.

Birinchi loyiha 2025-yil oxirida ishga tushadi va Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston hududida amalga oshiriladi. Tashabbusning asosiy maqsadi – iqlim o‘zgarishiga moslashuvchi, suvni tejovchi va barqaror qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini joriy etish.

Ikkinchi, shunga o‘xshash dasturning Afrikaning Saxel mintaqasidagi davlatlar – Burkina-Faso, Gvineya, Niger va Mali uchun ishga tushirilishi 2026-yil boshiga rejalashtirilgan. Ushbu hududlarda iqlim o‘zgarishi tufayli hosildorlikning pasayishi va suv tanqisligi eng dolzarb muammolar sanaladi.

Kobyakovning ta’kidlashicha, FAO Rossiyaning donorlarga ko‘rsatgan yordamini yuqori baholaydi va ushbu hamkorlikni kengaytirishga umid qilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan iqlim o‘zgarishi sabab global iqtisodiyot 38 trillion dollar zarar ko‘rishi mumkinligi haqida yozgandi.

Shuningdek