Koreyaning KIA kompaniyasi o‘zbekistonlik mutaxassislarni ishga olishi mumkin

eʼlon qilindi
Migratsiya agentligida KIA rahbariyati bilan uchrashuv bo‘ldi
Koreyaning KIA kompaniyasi o‘zbekistonlik mutaxassislarni ishga olishi mumkin
Koreyaning KIA kompaniyasi o‘zbekistonlik mutaxassislarni ishga olishi mumkin / Foto: Migratsiya agentligi

Migratsiya agentligida KIA Auto rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv natijasiga ko‘ra, 2026-yil boshidan Migratsiya agentligi tomonidan KIA Auto talablariga mos maxsus o‘quv ustaxonalari ochiladi.

Ushbu uch oylik dasturda koreys tili va madaniyati, texnika xavfsizligi hamda KIA metodikasi asosida avtomobil servisi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tiladi. O‘quvni muvaffaqiyatli tamomlaganlar Koreyaning E-7 vizasi bilan ishga yuboriladi. Buning uchun asosiy talab koreys tilini TOPIK 1 darajasida bilish.

Loyihaning ahamiyati shundaki, Koreya Adliya vazirligi 2025-yildan boshlab xorijlik mutaxassislarni avtomobil bo‘yash yo‘nalishiga jalb etishga ruxsat berdi va O‘zbekiston ushbu dasturning birinchi ishtirokchisiga aylandi. Bundan oldin mazkur ishda faqat mahalliy aholi ishlagan.

Avvalroq O‘zbekiston Saudiya kompaniyasi bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha kelishuv imzolagani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, Migratsiya agentligi va Saudiya Arabistonining Health Resources Company (HRCO) kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘risida yangi kelishuv imzolandi. Kelishuvning asosiy maqsadi Saudiya Arabistonida o‘rta tibbiyot xodimi sifatida ishlashni istagan o‘zbekistonliklarni ushbu davlatga qonuniy, xavfsiz va shaffof tartibda yuborishdan iborat.

Shuningdek