O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh guruh bosqichi o‘yinlari sanalari e’lon qilindi

7-dekabr 2025 10:03 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh guruh bosqichi o‘yinlari sanalari e’lon qilindi / Foto: Aztec Stadium in Mexico City / depositphotos

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida uchta o‘yin o‘tkazadi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga ko‘ra, uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi
Rasm: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

Eslatib o‘tamiz, ushbu Jahon chempionatida ishtirokchi jamoalar soni ilk marotaba 32 tadan 48 taga oshirildi. Bu o‘zgarish hali turnirda ishtirok etmagan boshqa jamoalarga ham «mundial» ishtirokchisiga aylanish imkonini berdi. Barcha ishtirokchilar nomi hali to‘liq aniqlanib ulgurmagan. Qit’alararo o‘tish o‘yinlari orqali yana 6 ta jamoa mundial yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi va ular guruhlardagi so‘nggi bo‘sh o‘rinlarni to‘ldiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan superkompyuter O‘zbekistonning «JCh – 2026» dagi g‘alaba qozonish imkoniyatini baholagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek