Qoraqalpog‘istonda qor yog‘di — video

eʼlon qilindi
«Qoraqalpog‘iston» posyolkasi qalin qor bilan qoplandi
Qoraqalpog‘istonda qor yog‘di — video / Foto: Qo‘ng‘irot tumani hokimligi

Qoraqalpog‘istonning ayrim hududlarida qor yog‘moqda. Qo‘ng‘irot tumani hokimligiga ko‘ra, tumanning «Qoraqalpog‘iston» posyolkasi qalin qor bilan qoplandi.

«O‘zgidromet»ning Qoraqalpog‘istondagi Gidrometeorologiya markazi ham meteostansiya hududida qalin qor yogʻayotganini tasdiqladi.

Video: «O‘zgidromet»

Avvalroq 7-dekabr kuni O‘zbekiston hududida havo o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilayotgani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, ayrim joylarda yomg‘ir, shimolda esa yomg‘ir qorga aylanishi aytilgan. Shuningdek, ba’zi hududlarda tuman tushishi kuzatiladi.

Eslatib o‘tamiz, 8-dekabrdan O‘zbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

Shuningdek