615 nafar mahbus afv etildi, Tailand Kambodjaga hujum qildi, Hazorasp temir yo‘l vokzali foydalanishga topshirildi — 8-dekabr kungi yangiliklar dayjesti


Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan 615 nafar mahbus afv etildi
Konstitutsiya qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev «Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Pokistonda «Yangi O‘zbekiston» massivi va bog‘i barpo etilishi mumkin
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning «Habib Rafiq Pvt. Ltd» kompaniyasi bosh menejeri Aslam Malik bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ikki tomon hamkorlik imkoniyatlari, qo‘shma loyihalar va investitsiya sharoitlari yuzasidan fikr almashdi, deya xabar bermoqda «Dunyo» AA.

NASA kosmosda manipulyator robotini sinovdan o‘tkazmoqchi
NASA Motiv Space Systems kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan manipulyator robotini kosmosda sinashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Robots & Automation News nashri ma’lum qildi.

Hazorasp temir yo‘l vokzali yangi qiyofada foydalanishga topshirildi
Xorazm viloyatining Hazorasp tumanidagi temir yo‘l vokzal «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan rekonstruksiya qilinib, tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tailand Kambodjadagi harbiy obyektlarga havo zarbasi berdi
Tailand rasmiylari mamlakat harbiylari bahsli chegara hududidagi Kambodja pozitsiyalariga havo zarbasi berganini ma’lum qildi. Bangkokning ta’kidlashicha, bu Kambodja tomonidan sodir etilgan hujumga javob bo‘lgan.