Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan 615 nafar mahbus afv etildi

eʼlon qilindi
Afv etilganlarning 9 nafari chet el fuqarosi
Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan 615 nafar mahbus afv etildi / Foto: Pexels.com

Konstitutsiya qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev «Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan 615 nafar shaxs afv etildi. Ularning 220 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod qilindi, 123 nafari muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi, 97 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo turi bilan almashtirildi, 175 nafar shaxsga tayinlangan jazo muddati qisqartirildi.

Afv etilganlar orasida 9 nafar chet el fuqarosi, 29 nafar ayol, 60 yoshdan oshgan 23 nafar erkak, 264 nafar yosh (shundan 2 nafari voyaga yetmagan) hamda taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan 9 nafar shaxs mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan jazoni o‘tayotgan 523 nafar mahbus afv etilgan edi.

Shuningdek