Tailand Kambodjadagi harbiy obyektlarga havo zarbasi berdi

eʼlon qilindi
Tailand va Kambodja o‘rtasidagi chegara mojari yana kuchaydi
Tailand Kambodjadagi harbiy obyektlarga havo zarbasi berdi / Foto: Reuters

Tailand rasmiylari mamlakat harbiylari bahsli chegara hududidagi Kambodja pozitsiyalariga havo zarbasi berganini ma’lum qildi. Bangkokning ta’kidlashicha, bu Kambodja tomonidan sodir etilgan hujumga javob bo‘lgan.

Tailand rasmiylariga ko‘ra, yakshanba kuni ikki nafar tailandlik askari halok bo‘lgan, yana to‘rt nafari jarohat olgan. Kambodja esa o‘z harbiylari birinchi bo‘lib o‘q uzmaganini, aksincha mojaroni Tailand boshlagani ta’kidlamoqda. 8-dekabr kuni Tailand armiyasi Kambodja chegaraga qurol yetkazish uchun qurilgan teleferikni yo‘q qilgan.

Ma’lumot uchun, Tailand va Kambodja o‘rtasidagi chegara nizosi ko‘p yillardan beri davom etmoqda. Oxirgi jiddiy to‘qnashuv iyul oyida yuz bergan bo‘lib, besh kun davom etgan otishmalar natijasida o‘nlab odamlar halok bo‘lgan. Shundan so‘ng Malayziya vositachiligida tomonlar tinchlikka kelishib, o‘q uzishni to‘xtatishgan edi.

Tinchlik muzokaralariga AQSh prezidenti Donald Tramp ham jalb qilingan. U har ikki davlat rahbarlariga qo‘ng‘iroq qilib, otishmalar to‘xtamasa, tarif muzokaralarini to‘xtatishi mumkinligini ogohlantirgan. Oktabr oyida esa Tramp tinchlik deklaratsiyasi imzolanishi jarayonida ishtirok etish uchun maxsus Malayziyaga tashrif buyurgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston chegara hududiga Afg‘oniston tomonidan qurolli hujum sodir etilgan edi.

Shuningdek