Avto

Tesla Yevropada arzonlashtirilgan Model 3’ni taqdim etdi

Narxi hududlarga qarab farq qiladi
Tesla Yevropada arzonlashtirilgan Model 3’ni taqdim etdi / Foto: Tesla

Tesla kompaniyasi Yevropada Model 3’ning arzonlashtirilgan versiyasini taqdim etdi. Ushbu yangi variant pasayib borayotgan talab va kuchaygan raqobatga javob sifatida ishlab chiqildi.

Model 3 arzonlashtirilgan versiyasi soddalashtirilgan opsiyalar bilan ta’minlangan, ammo WLTP bo‘yicha 480 km.dan ortiq masofani bosib o‘tish imkoniyatini o‘zida saqlab qolgan. Mashina 18 dyuymli g‘ildiraklar, mato va sun’iy teri interyeri bilan jihozlangan. Orqa ekran va o‘tirish joylari ventilyatsiyasi mavjud emas, rul esa qo‘lda sozlanadi. Mashina faqat kulrang, oq va qora ranglarda sotuvga chiqarilgan.

Yangi modelning narxi Germaniyada 37 970 yevrodan boshlanadi, Norvegiyada 330 056 kron ($32,6 ming atrofida), Shvetsiyada esa 449 990 kron($47,8 ming atrofida). Solishtirish uchun, Model 3 Premium versiyasi Germaniyada 45 970 yevroga sotiladi.

Arzonlashtirilgan Model 3 yetkazib berilishi 2026-yil birinchi choragida rejalashtirilgan. Tesla ushbu narx strategiyasi orqali Volkswagen ID.3 va Xitoyning BYD Atto 3 kabi raqobatchilar ortib borayotgan mashhurligi fonida bozor ulushini saqlab qolishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tmiz, avvalroq Tesla Optimus uchun superinson darajasidagi yangi qo‘l ishlab chiqayotgani haqida yozgan edik.