
Angliya milliy terma jamoasi va Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» klubi hujumchisi Ivan Touni Londonda hibsga olindi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro muxlisning futbolchi bilan suratga tushishga urinishi ortidan kelib chiqqan. Muxlislardan biri Touni bilan rasmga tushish uchun uni bo‘ynidan quchoqlamoqchi bo‘lgan. Futbolchi esa esa «Meni tinch qo‘y», deb javob qaytargan.

Guvohlarning ta’kidlashicha, ushbu og‘zaki tortishuvdan so‘ng futbolchi erkakni boshi bilan urib, uning burun sohasiga jarohat yetkazgan. Mahalliy politsiya vakillari hujumda gumonlanib 29 yoshli shaxs qo‘lga olinganini tasdiqladi. Hozirda futbolchi garov evaziga qo‘yib yuborilgan, biroq holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
Ivan Touni ushbu mavsum barcha musobaqalarda 18 ta o‘yinda maydonga tushib 12 ta gol va 2 assist qayd etgan. Angliya terma jamoasi safida esa 7 ta bahsda 1 ta gol kiritgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Londonda Premyer-liga futbolchisiga qurol bilan tahdid qilgan agent hibsga olingani haqida xabar bergan edi.