Braziliyaning yangi elchisi Toshkentda akkreditatsiyadan o‘tdi

eʼlon qilindi
Bunga qadar elchi sifatida Rodrigo de Lima Baena Soares faoliyat olib borgan
Braziliyaning yangi elchisi Toshkentda akkreditatsiyadan o‘tdi / Foto: Baxtiyor Saidovning Telegram sahifasi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Braziliyaning yangi tayinlangan elchisi Serjio Rodriges dos Santosni qabul qildi. Bu haqda vazirning Telegram sahifasida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, uchrashuv davomida ikki tomonlama munosabatlarning jadal rivojlanayotgan dinamikasi muhokama qilindi hamda mamlakatlarimiz o‘rtasida mavjud bo‘lgan hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Foto: Baxtiyor Saidovning Telegram sahifasi

Braziliyaning yangi elchisi Serjio Rodriges dos Santos 57 yoshda bo‘lib, 1995-yildan beri Braziliya Tashqi ishlar vazirligi va xorijiy muassasalarda mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritib kelmoqda. U 2022 – 2025 yillarda Toshkentdagi elchi sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan Rodrigo de Lima Baena Soares o‘rniga tayinlandi.

Foto: Baxtiyor Saidovning Telegram sahifasi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Finlyandiya elchisining O‘zbekistondagi faoliyati yakunlanishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek